Aholini zarur dori vositalari bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi

27.01.2025 408

Aholini zarur dori vositalari bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi

Sogʻliqni saqlash vazirligi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish va tarkibida giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar mavjud dori vositalari bilan bemorlarni oʻz vaqtida taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazning Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi, “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi va “Dori-darmon” AKning masʼul xodimlari ishtirok etdilar.

Maqsad — ogʻir xastalikka chalingan bemorlar uchun zarur dori-darmonlar mavjudligini taʼminlash va yetakchi xorijiy davlatlarning tajribalarini puxta oʻrganish orqali, ularning eng yaxshilarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishdir.

Uchrashuv yakunida, yuqoridagi masalalarga doir takliflar ishlab chiqilib, hukumat va sohadagi ekspertlar bilan yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.